SentinelBro zaifliklarni skanerlash dasturi
Windows tizimlar uchun zaifliklarni skanerlash
SentinelBro kiberxavfsizlik mutaxassislari va tizim administratorlariga Windows xavfsizlik konfiguratsiyasini samarali ko'rib chiqish va boshqarish imkonini beradi. Kategoriyalashtirilgan xavfsizlik standartlari va texnik qo'llanmalarga qulay interfeys orqali kirish mumkin. Yuklab olish faqat ro'yxatdan o'tgan, tasdiqlangan foydalanuvchilar uchun.

SentinelBro nimalarni tekshiradi
- Antivirus o'rnatilgan va ishlab turganini tekshiradi
- Audit siyosati yoqilganini va jurnal yozuvlarini tekshiradi
- Windows Firewall qoidalari va ochiq portlarni kuzatadi
- Group Policy xavfsizlik sozlamalarini tekshiradi
- Windows yangilanishlari (KB patchlar) o'rnatilganini tekshiradi
- PowerShell ishga tushirish siyosati xavfsizligini tekshiradi
- Reestrning muhim xavfsizlik sozlamalarini tahlil qiladi
- SIEM log forwarderlari sozlanganini va ishlayotganini tekshiradi
- Ishga tushirish dasturlari va rejalashtirilgan vazifalarni ko'rib chiqadi
- Xavfsizlik hodisalari uchun tizim jurnallarini o'qib tahlil qiladi
- Muhim Windows xizmatlari ishlab turganini tekshiradi
- Foydalanuvchi hisoblari va ularning huquqlarini tekshiradi
- Tizim va qurilma haqida batafsil ma'lumot to'playdi
- Microsoft'ning eng so'nggi xavfsizlik yangilanishlarini tekshiradi
- Yakuniy xavfsizlik tahlili hisobotini taqdim etadi
- Recurse Monitor orqali papka va fayllardagi o'zgarishlarni rekursiv tarzda kuzatib boradi
- O'rnatilgan barcha ilovalarni (Apps) ro'yxatga oladi va tahlil qiladi
- Zararli yoki keraksiz ilovalarni aniqlab, ularni olib tashlash (Delete) imkonini beradi
- Jarayonlar xotirasida C2/beacon implantlariga xos shubhali RWX mintaqalarni skanerlaydi
- "Sleeping beacon" evristikasi orqali vaqt davomida shifrlanadigan xotira mintaqalarini aniqlaydi
- Cobalt Strike konfiguratsiya bloklarini imzo asosida qidiradi va dekodlashga urinadi
- Jarayon darajasida jonli tarmoq trafigini (ETW asosida) kuzatadi
- Lateral movement izlarini — faol RDP/SMB/WinRM ulanishlari va sessiyalarni aniqlaydi
- Ishlatilayotgan portlar va VPN/tunnel vositalarini aniqlaydi
- Saqlangan Wi-Fi tarmoqlari tarixini va tarmoqdagi qurilmalar MAC manzillarini ro'yxatga oladi
- Ulashilgan papkalar/disklarni va xavfli "Everyone: Full Control" ruxsatlarini aniqlaydi
- USN Journal orqali fayl nusxalash, ko'chirish va o'chirishni aniq ajratadi
- Katta hajmli fayllarni disk bo'ylab skanerlab ko'rsatadi
- USB qurilmalar tarixini tasdiqlash va audit-log bilan tozalash imkonini beradi
- Autoruns tekshiruvini Winlogon, IFEO, AppInit/AppCert DLL va WMI Event Subscription'gacha kengaytiradi
- Yuklash konfiguratsiyasi (BCD/bootmgr) sozlamalarini tekshiradi
- Elevatsiyalangan (SYSTEM/Administrator) jarayonlarning to'liq ro'yxatini chiqaradi
- OS restore point'larini sanalari bilan ro'yxatga oladi
- Tizim xatolari (BSOD) va kutilmagan qayta ishga tushirish tarixini ko'rsatadi
- ENV o'zgaruvchilari, PATH papkalarini va PATH hijacking xavfini tekshiradi
- LOLBAS va LOLDriver (BYOVD) bazalari bo'yicha tahdid-razvedka skanerini o'tkazadi
- Windows versiyasi uchun qo'llab-quvvatlash muddati (EOL) tugaganini tekshiradi
- Har bir tekshiruv uchun bosqichma-bosqich, regedit'siz GUI tuzatish qo'llanmasini beradi
Har bir versiya haqida to'liq ma'lumot
Nashr qilingan har bir versiya uchun o'zgarishlar tarixi, chiqarilgan sana va texnik tafsilotlarni alohida sahifada topasiz.
Versiya tarixini ko'rishXavfsizlikka jiddiy yondashuv
- Barcha ulanishlar shifrlanadi, seans cookie'lari faqat serverdan boshqariladi
- Har bir kirish va ro'yxatdan o'tish urinishi audit jurnaliga yoziladi
- Tasdiqlash kodlari xesh ko'rinishida saqlanadi va tez orada muddati tugaydi
Windows tizimlaringizni bugun tekshiruvdan o'tkazing
Ro'yxatdan o'tish ikki daqiqa vaqt oladi. Qolganini SentinelBro o'z zimmasiga oladi.
Hoziroq boshlashSentinelBro versiyasi 2.0.0 · ~5 MB
